Yangiliklar

Samarqandda tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Joriy yilning 18-mart kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumani hududida noqonuniy ravishda rangli va qimmatbaho metallarni talon-taroj qilish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlash va ular bilan tezkor-profilaktik tadbirlarini o‘tkazish maqsadida 56 nafar shaxslarning yashash manzillarida tintuv tergov harakatlari o‘tkazildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan tintuv tadbirlari davomida, 2 nafar shaxslarning yashash xonadonidan 155 gr va 30 gr miqdordagi quyilgan oltinga o‘xshash modda, 13 nafar shaxsning yashash xonadonidan 14 dona qo‘lbola usulda yasalgan har-xil turdagi qum yuvish uchun mo‘ljallangan uskunalar, 4 nafar shaxslarning yashash xonadonidan 4 dona tosh maydalash uchun yasama tegirmonlar, 36 nafar shaxslarning yashash xonadonidan ko‘p miqdorda ishlovga olingan va ishlovga olinmagan tuproqlardan tegishli tartibda namunalar olinib hujjatlar rasmiylashtirildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Bosh boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Yu.Rajabiy ko‘chasi 1-uy
Ushbu saytda chop etilgan materiallardan foydalanilganda www.hpbb.uz xavolasini ko‘rsatib o‘tish shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech