Yangiliklar

Pirotexnika vositasi bilan bog'liq qonunbuzarliklarga chek qo'yilmoqda

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarini noqonuniy sotish, saqlash va foydalanish bilan bog'liq qonunbuzarliklarning oldini olish choralari ko'rilmoqda. Chunonchi, soha vakillari Jizzax shahrining "Xalqobod" mahallasida yashovchi A.U.ning 6.000 ta kuchli ovoz chiqaruvchi pirotexnika vositasini sotish maqsadida sumkasida olib yurganligini aniqladilar.

Mazkur mahalla hududida Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumani "Olako'ylak" mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi N.N. to'xtatib, tekshirilganida sumkasidan 6.120 dona pirotexnika vositasi topildi. U ham paqildoqlarni sotishni niyat qilgan.

Viloyatning Paxtakor tumani "Yangi toshkentlik" mahallasida yashovchi B.I.dan esa 4.400 dona pirotexnika vositasi olingan.

Do'stlik tumanidagi "Manas-14" yo'l-patrul` xizmati maskanida Samarqand viloyati Jomboy tumani "Beshbola" mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi O'.A. boshqaruvidagi “Nexia” to'xtatib, tekshirilganida avtoulov yukxonasida 6.600 dona pirotexnika vositasi borligi ma'lum bo'ldi.

Ushbu holatlar yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Bosh boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Yu.Rajabiy ko‘chasi 1-uy
Ushbu saytda chop etilgan materiallardan foydalanilganda www.hpbb.uz xavolasini ko‘rsatib o‘tish shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech