Yangiliklar

Navoiyda yaqinda afv еtilgan hamda probatsiya nazoratida turgan fuqarolarning ijtimoiy muammolari o'rganildi

Bugun mamlaktimizda qonun ustuvorligi tamoyili asosida inson huquqlari, uning sha'ni va qadr qimmati oliy qadriyat sifatida shakllanib ulgurdi. Bu esa shu yurtda yashovchi har bir fuqaroda daxldorlik xissini shakllantirishga muhim omil bo'lmoqda. Navoiy viloyati hokimligi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yaqinda jazoni ijro etish muassasalaridan afv etilgan bir guruh fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda mas'ullar ularning muammolari va takliflarini o'rganib chiqishdi. Shuningdek, bandlik, imtiyozli kreditlar olish, salomatligini tiklash, qish mavsumida birlamchi zarur oziq-ovqat hamda ko'mir mahsulotlari bilan ta'minlash kabi 10 dan ortiq murojaatlari shu kunning o'zidayoq hal etildi.

“Har bir jinoyatni tahlil qiladigan bo'lsak, aksariyatida fuqaroning mavjud muammolari yillar davomida e'tiborsiz qolgani, o'z vaqtida amaliy yordam ko'rsatilmaganiga guvoh bo'lamiz. O'z qilmishini tushunib etgan mazkur fuqarolar kelgusida jinoyat sodir etmasligi uchun barchamiz mas'ulmiz”, - deydi viloyat IIB boshlig'ining birinchi o'rinbosari, polkovnik I.Tillaev. Chunki jinoyatning oqibati bilan kurashish emas, balki uni oldini olish samarali ekanligini bugun hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotganini chuqur his etish kelgusida jinoyatlarning oldini olishda dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.

Yuzma-yuz o'tgan muloqot davomida nafaqat mazkur fuqarolarning, balki ularning oila a'zolarining mavjud muammolari ham ko'rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Bosh boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Yu.Rajabiy ko‘chasi 1-uy
Ushbu saytda chop etilgan materiallardan foydalanilganda www.hpbb.uz xavolasini ko‘rsatib o‘tish shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech