Yangiliklar

IIVda «Butunjahon korruptsiyaga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan yig'ilish bo'lib o'tdi

Joriy yilning 10 dekabr` kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari R.A.Xatamov huzurida Butunjahon korruptsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan kengaytirilgan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo'linmalarining rahbarlari, o'rinbosarlari hamda shahar va tuman ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning o'rinbosarlari ishtirok etgan ushbu videoselektor yig'ilishida mamlakatimizda so'nggi yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli va murosasiz ishlar olib borilib, ushbu salbiy illatning oldini olish bo'yicha davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotganligiga to'xtalib o'tdi.

Yig'ilishda ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, korruptsiyaga qarshi kurashish yo'nalishidagi ishlarning ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.

Jumladan, joriy yilning 11 oyi davomida korruptsion xarakterga ega salbiy holatlarga yo'l qo'yganliklari uchun 23 nafar xodim ichki ishlar organlari tizimidan bo'shatilganligi, ularning 11 nafar rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi, 40 nafariga esa intizomiy jazo choralari qo'llanilganligi qayd etib o'tildi.

Tanqidiy ruhda o'tgan ushbu yig'ilishda shaxsiy tarkib o'rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xodimlar tomonidan jinoyat sodir etilishini oldini olishga mas'ul bo'lgan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi, kelgusida korruptsion jinoyatlarga hamda boshqa salbiy illatlarga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish bo'yicha tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi, bu boradagi masalalarda rahbarlarning mas'ulligi va javobgarligi oshirildi.

Yig'ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

IIV Kadrlar bosh boshqarmasi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Bosh boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Yu.Rajabiy ko‘chasi 1-uy
Ushbu saytda chop etilgan materiallardan foydalanilganda www.hpbb.uz xavolasini ko‘rsatib o‘tish shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech