Yangiliklar

Fuqaro xonadonidan 80 yil ilgari ishlab chiqarilgan qurol topildi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor profilaktik tadbirlar olib borildi. Mazkur ishlar natijasida tumandagi “Regehaydar” mahallasida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro H.M o‘z yashash uyida 1939-yilda ishlab chiqarilgan, bir nilli, 28 kalibrli, IJ-5 modelli ov qurolini tegishli ruxsatnomasiz qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Qayd etilgan holat yuzasidan H.M.ga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Buxoro viloyat IIB axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Bosh boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Yu.Rajabiy ko‘chasi 1-uy
Ushbu saytda chop etilgan materiallardan foydalanilganda www.hpbb.uz xavolasini ko‘rsatib o‘tish shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech