Yangiliklar

Yoshlar orasida odam savdosiga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir

Haftaning har payshamba profilaktika kuni shu munosabti  bilan Chortoq tumanida maktab va mahallalarda  "Yoshlar orasida odam savdosini oldini olish" mavzusida Odam savdosi masalalari bo‘yicha kichik komissiya tomonidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga odam savdosini keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlar, omillar xamda uning oqibatlari tushuntirildi. 

Bugungi kunda yetarlicha ish o‘rinlari yo‘qligi, bo‘sh ish o‘rinlarining oylik maoshlari ishga kiruvchilarga to‘gri kelmasligi natijasida, ko‘pchilik yoshlar ishlash maqsadida chet davlatlarga chiqib ketayotganligi va u yerda odam savdosi qurboniga aylanib qolayotganligi borasida ham aloxida to‘xtalib o‘tildi. Ayniqsa bunda ayollarning ishtiroki achinarli xolat ekanligi ham ta’kidlandi.

Shuningdek tadbirda ayollar asosan Turkiya, BAA, Malayziya, Xindiston, Singapur va Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida chiqib ketib, ushbu davlatlarda yengil daromad topish uchun foxishalik bilan shug’ullanib kelayotganligi va yoki o‘zi bilmagan holda odam savdosi qurboniga aylanib qolishayotgani haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Bundan tashkari chaqalok savdosi afsuski yurtimizda xam ortib borayotganligi, masalan o‘tgan 2019-yilda viloyat hududida 3 ta chaqalok savdosi bilan bog’lik jinoyatlar aniqlangani aytilib, bunday salbiy holatlarni bartaraf etish, oldini olish borasida o‘zaro fikrlar almashilib, aniq vazifalar belgilab olindi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Bosh boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Yu.Rajabiy ko‘chasi 1-uy
Ushbu saytda chop etilgan materiallardan foydalanilganda www.hpbb.uz xavolasini ko‘rsatib o‘tish shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech