HPBB asosiy vazifalari va funksiyalari

 Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari 

  • Mamlakatdagi kriminogen vaziyat to'g'risidagi axborotni kompleks va tizimli tahlil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasida mavjud kuch va vositalardan foydalanish samaradorligini baholash, shuningdek ularning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalari faoliyatini, shu jumladan voyaga etmaganlar va yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va uslubiy ta'minlash, kadrlar salohiyatining doimiy ravishda mustahkamlanishini ta'minlash;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalarida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazolarni, shuningdek qamoqqa olish bilan bog'liq bo'lmagan ehtiyot choralarini ijro etish bo'yicha faoliyatni belgilangan tartibda nazorat qilish;
  • qonunchilikni, huquqni qo'llash amaliyotini, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi shakllari va usullarini yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha ichki ishlar organlarining boshqa bo'linmalari, o'zga davlat organlari va tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan o'zaro hamkorligini tashkil etish.

 

Bosh boshqarmaning asosiy funksiyalari 

  • Mamlakatdagi kriminogen vaziyat to'g'risidagi axborotni kompleks va tizimli tahlil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasida mavjud kuch va vositalardan foydalanish samaradorligini baholash, shuningdek ularning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish sohasida:
  • ichki ishlar organlarining quyi va boshqa bo'linmalaridan viloyat, tuman va shaharlar bo'yicha kriminogen vaziyat haqidagi axborotni talab qilib olish va umumlashtirish;
  • kriminogen vaziyat haqida olinayotgan axborotni tizimli ravishda o'rganishni amalga oshirish, ichki ishlar organlarining mavjud kuch va vositalarini joylashtirishda yo'l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlarni, shuningdek huquqbuzarliklar sodir etilishga imkon beruvchi omillarni aniqlash;
  • mamlakatning ta'lim, madaniy-ko'ngilochar, sport-sog'lomlashtirish muassasalarida va boshqa tashkilotlarida voyaga etmaganlar bilan tarbiyaviy ishlar ahvolini o'rganish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasiga, ularning sodir etilishi sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishga yo'naltirilgan, shu jumladan boshqa davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda o'tkaziladigan tadbirlarning istiqbolli va joriy rejalashtirilishini tashkil etish;
  • O'zbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, kuch va vositalarni oqilona joylashtirish va qayta taqsimlash bo'yicha takliflar taqdim etish;
  • Davlat organlari, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish, shu jumladan tegishli infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha taqdimnomalar kiritish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ma'lumot-axborot fondini shakllantirish, hisobga olishlarni markazlashtirish, statistik hisobot yuritish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalari faoliyatini, shu jumladan voyaga etmaganlar va yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va uslubiy ta'minlash, kadrlar salohiyatining doimiy ravishda mustahkamlanishini ta'minlash sohasida:
  • ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalari faoliyatini o'rganishni tashkil etish;
  • ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalariga amaliy yordam ko'rsatish, ularning ishini samarali tashkil etish uchun metodik va boshqa materiallar ishlab chiqish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalari xodimlari tomonidan Qonunchilik talablarini, xizmat intizomini hamda odob-axloq qoidalarini buzish holatlari, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari obro'sini tushiradigan boshqa xatti-harakatlar bo'yicha tekshiruvlar o'tkazish;
  • ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlashga, xodimlar tomonidan suiste'molchilik va boshqa noqonuniy harakatlarga yo'l qo'yilishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid Qonunchilik, davlat dasturlari va boshqa dasturlar bajarilishi ustidan monitoring va nazorat qilish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida belgilangan tartibda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yishni amalga oshirish;
  • ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan, jadal o'qitish uslublaridan keng foydalanish;
  • ichki ishlar organlari tayanch punktlarining moddiy-texnik jihozlanishi va infratuzilmasining rivojlanishini ta'minlash bo'yicha choralar ishlab chiqish, profilaktika inspektorlari uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalarida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazolarni, shuningdek qamoqqa olish bilan bog'liq bo'lmagan ehtiyot choralarini ijro etish bo'yicha faoliyatni belgilangan tartibda nazorat qilish sohasida:
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazolarni, shuningdek qamoqqa olish bilan bog'liq bo'lmagan ehtiyot choralarini ijro etish bo'yicha faoliyatini tekshirishni amalga oshirish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalari tomonidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazolarni, shuningdek qamoqqa olish bilan bog'liq bo'lmagan ehtiyot choralarini ijro etish chog'ida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining buzilishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha o'z vakolatlari doirasida zarur choralarni ko'rish;
  • ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazolarni, shuningdek qamoqqa olish bilan bog'liq bo'lmagan ehtiyot choralarini ijro etish bo'yicha faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni keng tatbiq etish yuzasidan choralar ishlab chiqish;
  • ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turuvchi shaxslarning axloqan tuzalishi va qayta huquqbuzarlik sodir etishlarining oldini olish maqsadida ular bilan olib boriladigan profilaktika ishlarini takomillashtirish;
  • qonunchilikni, huquqni qo'llash amaliyotini, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi shakllari va usullarini yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
  • huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil qilish masalalari bo'yicha normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqish va ushbu jarayonda bevosita ishtirok etish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy kriminalistik texnika, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, kriminalistik va ma'lumotlar tezkor-ma'lumot bazalarining joriy qilinishini ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi usullarini takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini takomillashtirish masalalari yuzasidan axborot-tahliliy materiallar, obzorlar va tavsiyalar tayyorlash;
  • ichki ishlar organlari faoliyatida, shu jumladan xorijiy davlatlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida samarali foydalanilayotgan ijobiy tajribani o'rganish, umumlashtirish va yoyish;
  • oliy ta'lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish bo'yicha samarali shakl va usullarni hamda ishlashning yagona prinsiplarini ishlab chiqish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha ichki ishlar organlarining boshqa bo'linmalari, o'zga davlat organlari va tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan o'zaro hamkorligini tashkil etish sohasida:
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajarish;
  • davlat organlari, ta'lim va sog'liqni saqlash muassasalari, jamoat birlashmalari bilan birgalikda voyaga etmaganlarni o'qitish va ijtimoiy-huquqiy himoyalash, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishlarini tashkil etish bo'yicha tadbirlar o'tkazish, voyaga etmaganlar va yoshlar bilan ishlashdagi umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish;
  • aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy keskinlikni yumshatish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishning asosiy sharti sifatida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlashda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko'maklashish;
  • ta'lim muassasalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va tashkilotlardan mutaxassislarni jalb qilgan holda, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb masalalari bo'yicha seminarlar va "davra suhbatlari" o'tkazish.

Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Bosh boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Yu.Rajabiy ko‘chasi 1-uy
Ushbu saytda chop etilgan materiallardan foydalanilganda www.hpbb.uz xavolasini ko‘rsatib o‘tish shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech