HPBB haqida

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasi

 

    Istiqlol milliy qadriyatlarimiz manbai, barcha ezguliklar ilhomchisi ekanligiga turli jabhalarda ro’y berayotgan o’zgarishlarni ko’rib ishonch hosil qilyapmiz. Mustaqillik tufayli halqimiz hotirjam, emin-erkin hayot kechirmoqda. Osmonimiz hamisha musaffo, elimiz farovon bo’lishi uchun barcha huquq tartibot idoralari singari ichki ishlar organlari hodimlari ham kunlarni tunlarga ulab samarali hizmat olib borishyapti. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng o’tgan yillar davomida O’zbekiston deya atalmish davlatni dunyo tanidi.

 Mamlakatimizda rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin olishi uchun boshlangan katta harakatlarning amalga oshishi, tinch va farovon turmush qurishning asosiy omili, tinchlik va osoyishtalikdir. Yurtda tinchlik va osoyishtalikni saqlash ichki ishlar organlari hodimlarining zimmasidagi ulkan vazifa hisoblanadi. Bu vazifalarni bajarish va ichki ishlar organlarining faoliyatini zamon talabi asosida tashkil etish uchun ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va unga qarshi kurashishni kuchaytirish, uchun avvalo, ichki ishlar organlarining quyi bo’g’ini bo’lgan profilaktika hizmatini takomillashtirishga alohida e’tiborni qaratildi.

 Profilaktika hizmatini yanada takomillashtirish uchun davlatimiz va hukumatimiz tomonidan qator qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Ushbu huquqiy va me’yoriy hujjatlarda profilaktika hizmati oldida turgan ko’plab vazifalar o’z aksini topgan. Hususan, Ichki ishlar vazirligida Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga ikkita boshqarma, oltita bo’lim va bo’linmalar kiritildi. Shuningdek, Јoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB, viloyatlar IIB, Transport IIBlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari, shahar, tuman IIBlarida esa bo’lim, bo’linma va guruhlar faoliyat yuritishi yo’lga qo’yildi.

 Yurtboshimizning tashabbusi bilan ichki ishlar organlari tizimida keyingi yillarda profilaktika inspektorlarining shtat birliklari ko’paytirildi, ularning hizmat samaradorligini oshirish va qulay ish sharoitlari yaratish maqsadida hizmat hudularidan turar joylar ajratildi hamda ularga imtiyozli kredit asosida avtoulovlar tarqatildi.

 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ichki ishlar organlari hodimlarini halq orasida bo’lishi, ularning dardu tashvishlaridan doimo ogoh bo’lish va yordam berish, fuqarolarning barcha muammolarini mahallaning o’zida hal etish haqida bot-bot ta’kidlaydi.

 Profilaktika inspektorlari mazkur vazifalarni bajarishi uchun keng jamoatchilik va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim bo’ladi. Ana shu maqsadda mahalla fuqarolar yig’ini boshqaruv idorasi bilan tayanch punkti bir binoda joylashtirildi. Tayanch punktida profilaktika inspektorining hizmat olib borishi, fuqarolarni qabul qilishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan, zamonaviy aloqa vositalari, komp'yuter tekhnikalari bilan jihozlangan.  

 Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan profilaktika inspektorlarining kasb mahoratini oshirish, jismoniy va jangovar tayyorgarligini yuksaltirish, ilg’or ish uslublarini targ’ib qilish maqsadida seminar-treninglar, turli tadbirlar uyushtirilmoqda. Shuningdek, mamlakat miqyosida eng namunali tayanch punktlarini aniqlash va bu joylarda faoliyat ko’rsatayotgan profilaktika inspektorlari hamda jamoat tashkilotlarining ish tajribasini ommalashtirish maqsadida har yili ko’rik-tanlov o’tkazilishi an’anaga aylangan. Birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rinlarni egallagan tayanch punktlari hizmat avtomashinlari hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanmoqda. Ayni paytda mavjud tayanch punktlari har tomonlama etuk, halq bilan  ishlashga bilimi, tajribasi, aql-idroki etadigan jonkuyar profilaktika inspektorlari bilan jamlanib borilmoqda.

 O’z navbatida osoyishtalik posbonlari o’zlari hizmat qilayotgan hududda huquq-tartibotni muhofaza qilishga mas’ul bo’lgan etakchi hodim sifatida bilimi va mahoratini namoyon etishyapti. Ular aholi murojaat etayotgan huquqiy masalalar, ijtimoiy muammolarani tayanch punktining o’zida hal etishayotgani tufayli fuqarolar ichki ishlar yoki boshqa idoralarga ovora bo’lib borishlariga hojat qolmayapti. Ichki ishlar organlarining jinoyat qidiruv, patrul'-post va boshqa sohaviy hizmatlari o’z faoliyatini aynan mahallada profilaktika inspektolari bilan hamkorlikda tashkil etayotgani jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashishda muhim omil bo’lmoqda.

 Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, huquqbuzarlkilar profilaktikasi tizimida hotin-qizlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari lavozimlari joriy etildi. Ushbu toifadagi shahslar bilan huqubuzarliklarning barvaqt olini olish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’z samasini bermoqda. Bugungi kunga kelib, ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar keskin kamayishiga erishildi.

 Shu bilan bir qatorda profiloaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo’yicha yordamchilari lavozimlari joriy etildi. Bu lavozimlarga o’n sakkiz yoshdan o’ttiz yoshgacha bo’lgan yigitlar qabul qilinib, ular hududda  havfsizlikni ta’minlash, huquqiy targ’ibot ishlarini olib borish, jamoatchilik tuzilmalari vakillarining faoldiyatini nazorat qilish va boshqa amalga oshirilayotgan profilaktik ishlarda yordam beradi.

 Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shahslarni qo’llab-quvvatlash, ularni ishga joylashtirish, oilaviy ahvolidan habardor bo’lib turish, qayta jinoyat sodir etmasligi uchun profilaktik ishlar olib borish ham prolfilaktika inspektorining diqqat markazidadir. Profilaktika inspektorlari respublika miqyosida o’tkazilayotgan profilaktik ogohlantiruv tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda. Undan tashqari o’z hududlarida sodir etilgan jinoyatlarni tegishli hizmatlar bilan hamkorlikda fosh etishda jonbozlik ko’rsatishmoqda.

 Ba’zan hodimlar vaziyat taqozosiga ko’ra ashaddiy jinoyatchilar bilan ham yuzma-yuz kelishiga to’g’ri keladi. Ular bunday qaltis vaziyatda sarosimaga tushmay, el-yurt tinchligi, osoyishtaligi uchun o’z ko’ksilarini qalqon qilib, kerak bo’lsa jonlarini ham ayashmayapti.

 Mustaqillik yillarida hizmatda o’rnak ko’rsatib, burchini sharaf bilan uddalayotgan, o’z hayotini havf ostiga qo’yib qahramonlik namunalarini ko’rsatgan profilaktika inspektorlari davlatimizning turli mukofotlari bilan taqdirlanmoqda. Ularning ko’p yillik fidoyi hizmatlari inobatga olinib, muddatidan avval unvonlar berilyapti.

 Barcha sa’y-harakatlardan ko’zlangan maqsad bitta, u ham bo’lsa mamlakatimizda barqarorlikni saqlash, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda profilaktika insrpektolrlari hamda jamoat tashkilotlarining hamkorligiga erishishdir. Bu vazifa ko’ngildagidek uddalanayotgani natijasida hududda umuman jinoyat sodir etilmagan mahallalar soni yildan-yilga ortib bormoqda.

 Respublkamizda yashayotgan har bir fuqaroning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, haq-huquqlarini tanib olishlarini ta’minlash, mustaqil davlatimizning asosiy tamoyillaridan biriga aylandi. Bu ulkan islohotlarni hayotga joriy etishda profilaktika hizmati hodimlarining ham munosib hissasi bor, deya bemalol ayta olamiz. Zero ular orasida o’z kasbiga sidqidildan yondashayotganlari ko’pchilikni tashkil etar ekan, mamlakat tinch, fuqarolar hayoti osoyishta, mahallalarimiz esa bundanda obod va ko’rkam bo’lib borveradi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Bosh boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Yu.Rajabiy ko‘chasi 1-uy
Ushbu saytda chop etilgan materiallardan foydalanilganda www.hpbb.uz xavolasini ko‘rsatib o‘tish shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech