Bo'sh ish o'rinlari

O'zbekiston Respublikasi IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasining hududiy ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalariga ishga taklif etadi.

O'zbekiston Respublikasi IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasining hududiy ichki ishlar organlariga mavjud bo'sh lavozimlarni xizmatga munosib malakali kadrlar bilan jamlash maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalarida ishlash istagida bo'lgan, erkaklar bo'yi 165 sm., ayollar 160 sm.dan kichik bo'lmagan, O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o'tagan yoxud oliy o'quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o'tgan (erkaklar uchun), o'n sakkizdan kichik va o'ttizdan katta bo'lmagan, shu jumladan o'ttiz yoshdagi ham, oliy ma'lumotga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga taklif etadi.

Shuningdek, ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlarda xizmat qilib kelayotgan, oliy ma'lumotli, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ishlash ishtiyoqi bo'lgan xodimlarni huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalarida xizmatni davom ettirishga taklif etadi.

Eslatma: Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalarida ishlash uchun boshqa viloyatda istiqomat qiluvchi xodimlar va fuqarolardan doimiy ro'yxatga qo'yilishi talab etilmaydi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalariga ishga kirish yoki xizmatni davom ettirish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasining 71-231-33-37 telefon raqamlari yoki "hpbb.uz" saytiga murojaat qilishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Bosh boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Yu.Rajabiy ko‘chasi 1-uy
Ushbu saytda chop etilgan materiallardan foydalanilganda www.hpbb.uz xavolasini ko‘rsatib o‘tish shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech